Bekajon gazetasi

<b>Savolga “Shahnoza fayz” xususiy klinikasi rahbari, oliy toifali shifokor-ginekolog Bahodirova Shahnoza javob beradi.</b>

-Agar siz ikkinchi homiladorlikni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, ba’zi bir tekshiruvlardan o’tishingizga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda  laparaskopik usul yordamida <b>BACHADON NAYLARI</b> yo’lini ochish mumkin. Sizda ushbu muolaja o’tkazilgach, u qanday natija berganligini olti oydan bir <b>YARIM</b> yilgacha kuzatish lozim bo’ladi. Agar shunda ham homiladorlik yuz bermasa va rentgen tekshiruvlari sizda <b>BACHADON NAYLARI</b> berkligini qayta tasdiqlasa, u holda sizga yangi tibbiy texnologiyalar –  EKO usulidan foydalanishni maslahat beramiz. Endi ikkinchi masala – hayz siklining buzulishi haqida to’xtalsak.<b> </b>

Odatda bu holat ayolda endokrin a’zolari tizimida muammolar borligini bildiradi. Shuning uchun ayol avvalo endokrinolog shifokor qabuliga kirishi va  <b>GORMONLAR </b>tekshiruviga tahlillar topshirishi kerak. Gormonlar miqdori aniqlangach, bemor ayol uchun individual davolash dasturi tuziladi va shu asosda unga muolajalar qilinadi. Muolajalardan keyin 4-6 oy davomida<b> </b>hayz kelishi bir tartibga<b> </b>tushishi kerak. Shundan keyingina u homilador bo’lishi mumkin. Ayol yaxshi mutaxassislarga murojaat qilib, qunt bilan davolansa, albatta orzusiga erishadi.
<p style=»text-align: right;»><b>Mavluda Ibrohimova yozib oldi. </b></p>